24 avgust kuni 17:00 atrofida Toshkentning Yunusobod tumanidagi halqa avtomobil yo‘lida 5-yo‘nalishda qatnovchi SAZ LE60 avtobusi, Damas mikroveni va Matiz avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, YTH natijasida Matiz haydovchisi, Damas yo‘lovchisi va avtobusning ikki nafar yo‘lovchici tan jarohati olib, shifoxona olib borilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Toshkent transport boshqarmasining aniqlik kiritishicha, avtobus 8-avtoparkka tegishli bo‘lib, haydovchisi 14 yillik (2008 yildan buyon) ish tajribasiga ega. Xabarga ko‘ra, Matiz haydovchisi yo‘lovchi olish uchun keskin to‘xtagani to‘qnashuvga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng avtobusning orqa qismiga Damas kelib urilgan.