Toshkent shahar Uchtepa tumanida Audi e-tron GT va Nexia ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda shahar IIBB.
7 sentabr kuni soat 10:20 larda Uchtepa tumanidagi Kattaqani ko‘chasida 1974 yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi Audi e-tron GT va 1953 yilda tug‘ilgan U.S. boshqaruvidagi Nexia ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hozirda YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.
To‘qnashuv oqibatida Nexia haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Toshkentda Tesla Model X avariyaga uchragani haqida xabar bergan edik.