Namanganda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.

Joriy yilning 11 sentabr kuni soat 21:30 larda 4R-114 «Kosonsoy-Namangan», 4R-117 «To‘raqo‘rgon-Namangan-Chortoq» avtomobil yo‘llarining kesishmasida Kosonsoy yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Equinox haydovchisi To‘raqo‘rg‘on-Namangan yo‘nalishidan chiqayotgan VAZ-2106 avtomashinasiga kelib urilgan.


Equinox mashinasi harakatni davom ettirib Namangan-Kosonsoy yo‘nalishidan kelayotgan Lacetti va Nexia ga ham borib urilib, YTH sodir etgan.


Hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q.


Ta’kidlanishicha, hududga svetofor o‘rnatish masalasini hal etish bo‘yicha mas’ul idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.