Favqulotda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 18 oktabr kuni tong soat 06:55 larda Farg‘ona viloyati FVBga Furqat MFY, Bahor ko‘chasi Farg‘ona xalqa yo‘lida harakatlanib ketayotgan HOWO rusumli yuk avtomobili shu ko‘chada joylashgan aholi yashash uylaridan biriga borib urilganligi haqida xabar kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ushbu YTH sodir bo‘ldi.

Voqea joyiga qisqa vaqt ichida FVB qutqaruv guruhi yetib borib, haydovchini yuk avtomobilidan chiqarib olishda amaliy hamda zaruriy birinchi yordam ko‘rsatdi.

Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida uyga va yuk mashinasiga zarar yetgan, shikastlangan va vafot etganlar yo‘q.