Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Zarbdor qishlog‘i hududida ikki mashinaning to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 9 noyabr kuni soat 14:00 larda davlat ahamiyatdagi 4R-79 Qarshi — Chim — Chiroqchi — Shahrisabz avtomobil yo‘lining 29 kilometrida Nexia-2 avtomobili Shahrisabz — Qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelib quvib o‘tish qoidasiga rioya qilmagani sababli qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Matiz avtomobiliga kelib urilgan.
Oqibatda Nexia-2 avtomobili salonida yo‘lovchi sifatida borayotgan fuqaro R.A. tan jarohati olib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘uzor tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.