Namanganda Malibu va VAZ 2101 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi viloyat YHXB.

15 noyabr kuni soat 09:30 larda Kosonsoy — To‘raqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining 22-kmda 1960 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan VAZ 2101 avtomashinasi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqayotgan vaqtda chap tomondan kelayotgan Malibu`ni o‘tkazib yubormay, harakatini davom ettirgan.

Oqibatda ikki mashina to‘qnashgan. VAZ 2101 haydovchisi jarohat olib tuman shifoxonasida vafot etgan.