Samarqandda 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda YHXX matbuot xizmati.
21 noyabr kuni soat 13:00 larda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani «Mullako‘rpa» MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda haydovchi, 1984 yilda tug‘ilgan B.K. yuqori tezlikda Lada Granta avtomobilida harakatlanayotib, oldinda bo‘lgan haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan M.G‘. boshqaruvidagi Cobalt`ning orqa tomoniga qattiq zarb bilan urilgan.
Buning oqibatida atrofda bo‘lgan 1992 yilda tug‘ilgan L.D. boshqaruvidagi Damas, 1996 yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvidagi Lacetti, 1978 yilda tug‘ilgan D.S. boshqaruvidagi Tico avtomobillari YTH qatnashchisiga aylangan.
Hodisa sabab Damas avtomobili haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
YTH yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.