Farg‘onada Lacetti belgilanmagan joydan kesib o‘tgan velosipedchini urib yubordi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturida xabar qilindi.
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani hududidan o‘tgan A373 avtomobil yo‘lining 22-kilometrida Lacetti yo‘lni belgilanmagan joydan to‘satdan kesib o‘tgan velosipedchini urib yuborgan.
Oqibatda 87 yoshli velosipedchi olgan jarohatlari oqibatida tuman markaziy shifoxonasida vafot etgan.
Xabarda voqea qachon bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.