Toshkent shahri Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasida 12 yanvar kuni soat 20:40 da bir qancha transport vositalari to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Jami 17 ta avtomashina o‘rtasida tuqnashuv sodir bo‘lgan, ular:
- Nexia-3 — 2 ta;
- Nexia-1 — 2 ta;
- Mercedes Benz — 1 ta;
- Best tune T 33 — 1 ta;
- Damas — 1 ta;
- Matiz — 5 ta;
- Spark — 2 ta;
- Kia K 5 — 1 ta;
- Volkswagen — 1 ta;
- Isuzu yuk mashinasi — 1 ta.
Hodisa oqibatida 1 nafar haydovchi va yo‘lovchi tan jarohati olgan, hozirda shifokorlar nazoratida.️ Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlari so‘raladi.