7 mart kuni tungi soat 21:40 atrofida Samarqand shahri Sadriddin Ayniy ko‘chasida Nexia-3 bino yerto‘lasiga tushib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.
2003 yilda tug‘ilgan, Samarqand tumani «Qo‘lbapoyon» MFYda yashovchi fuqaro Nexia-3 avtomashinasida yo‘lovchilarsiz harakatlanib borayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Yo‘lning o‘ng tomonida qurilish ishlari olib borilayotgan binoning ochiq turgan yerto‘lasiga tushib ketib, harakatdan to‘xtagan.
Oqibatda haydovchi yengil jarohat olgan. Voqea joyiga tez tibbiy yordam avtomashinasi chaqirilib, haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ruxsat berilgan.
Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan shahar buyicha YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.