22-aprel, shanba kuni Qamchiq dovonida Damas YTHga uchragan yuk mashinasidan qochib, xandaqqa tushib ketdi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Soat 06:22 da A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismidan o‘tgan 269,4-kilometrida DAF yuk avtomobili Toshkent-vodiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvi yo‘qotilib, o‘rta temir to‘siqqa urilgan.
Shu harakat yo‘nalishidagi Damas esa yuk mashinasidan qochishi oqibatida xandaqqa tushib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borgan va vaziyat oqibatlarini bartaraf etdi.
Hodisa oqibatida yuk mashinasi haydovchisi va Damas avtomobilidagi 2 nafar yo‘lovchi jarohat olib, Pop tumani markaziy shifoxonasiga yuborildi. Halok bo‘lganlar yo‘q.