Toshkent shahri Yunusobod tumanida 29-may kuni 6 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, deya ma’lum qildi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati.
Soat 12:30 da tumanning Moyqo‘rg‘on ko‘chasida
- 2001-yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi Malibu-2;
- 1974-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi BYD Song;
- 1986-yilda tug‘ilgan M.X. boshqaruvidagi “VAZ 2105”;
- 1988-yilda tug‘ilgan B.Z. boshqaruvidagi Lacetti;
- 1996-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Nexia-3;
- 1995-yilda tug‘ilgan R.S. boshqaruvidagi “ZiL” rusumli yuk avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.️ Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida respublikada 2144 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 499 kishi vafot etgan.