18-iyun kuni soat 12:20 atrofida Toshkentning Bektemir tumanida 5 ta avtotransport vositasi o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Tumandagi Qo‘yliq ko‘prigi ustida 2 ta Lacetti, Spark, Nexia-2 va Cobalt avtomashinalari to‘qnashgan. YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.

️Holat yuzasidan shahar YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

йтҳ