Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Shirin ko‘chasida 19-iyul kuni kechqurun 3 ta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Poytaxt YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Nexia-3 (haydovchi 21 yosh), Cobalt (30 yosh) va Matiz (20 yosh) to‘qnashib ketgan.

Nexia-3 boshqaruvidagi haydovchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

YPX xodimlari hodisa sabablarini aniqlash maqsadida tergov ishlarini olib bormoqda.