2-avgust kuni kechqurun Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida Yutong rusumli yo‘lovchi avtobusi va Malibu rusumli yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Malibu qayrilib olishi kerak bo‘lgan 63-sonli yo‘nalish avtobusining chap old qismini tegib shikastlagan.

йтҳ

Qurbonlar yo‘q. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Kompaniya avtobus yaqin vaqt ichida yo‘nalishga qaytishini bildirdi.

Bu poytaxtda yangi avtobuslar ishtirokidagi birinchi YTH emas. Bunday holatlar haqida muntazam ravishda xabar qilinadi (quyidagi o‘xshash xabarларga qarang).