Toshkent shahri Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasidagi tunnelda 2-fevral kuni 5 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
YTH soat 18:30 larda quyidagi mashinalar ishtirokida yuz bergan:
- R.T. (1992-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Lacetti;
- Sh. I. (1989) — Matiz;
- B.Q. (2004) — Matiz;
- J.S. (1990) — Spark;
- D.Q. (1992) — Spark.
Hodisa oqibatida yo‘l chetida texnik nosoz holatda turgan Matiz avtomashinasini (asosiy suratda) ta’mirlayotgan ikki kishi yengil jarohat olgan, ularga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.