27-aprel kuni Buxoro viloyatida Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan navbatdagi With Chery With Love (WCWL) tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istondan bo‘lgan Chery Tiggo 8 Pro va Chery Tiggo 8 Pro Max avtomobillari sohiblari ishtirok etdilar.

adm global, chery, реклама

Buxoro shahridan boshlanib, Bukhara Desert Oasis`gacha bir soat davom etadigan qariyb 50 km masofali marshrut turli yo‘l qoplamalarini o‘z ichiga olgan edi. Marshrut davomida avtomobillar egalari ham ravon asfalt yo‘llarni, ham shag‘alli va qumli qismlarga ega bo‘lgan murakkab to‘siqlarni bosib o‘tdilar. Bu krossoverlarning turli xil yo‘lsizlik sharoitlarida o‘tuvchanligi, boshqariluvchanligi va umumiy chidamliligini sinab ko‘rish hamda mintaqada mavjud bo‘lgan murakkab yo‘llarda sayohat uchun ishonchliligiga amin bo‘lish imkonini berdi.

Faol dam olish shinavandilari uchun kvadrotsikllarda, tuyalarda va otlarda qiziqarli sayohatlar tashkil etildi. Bu tadbirlar mehmonlarga o‘zini tadqiqotchi sifatida his qilish, atrofdagi tabiatning go‘zalligidan bahramand bo‘lish va energiya olish imkonini yaratdi.

adm global, chery, реклама

Milliy oshpazlik an’analariga alohida e’tibor qaratildi. Katta pazandalik musobaqasi o‘tkazilib, unda mehmonlar milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar va taom tayyorlash sirlari bilan o‘rtoqlashdilar. Pazandalik musobaqasi ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan turli xil taomlar tatib ko‘rilgandan so‘ng, ularning barchasi shu qadar mazali chiqqani sababli g‘olibni aniqlash imkoni bo‘lmadi va musobaqada do‘stlik g‘alaba qozongani ma’lum qilindi.

Markaziy maydonda yorqin ko‘ngilochar dastur namoyish etildi. Professional boshlovchi va didjey otashin ritmlar orqali bayramona muhitni yaratdilar. Immersion teatr tomoshabinlarni milliy afsonalar va an’analarning maftunkor olamiga cho‘mdirib, ularga voqealarning bevosita ishtirokchisiga aylanish imkonini berdi.

adm global, chery, реклама

Buxoro viloyatining an’anaviy musiqa asari — “Mavrigi”ni mahorat bilan ijro etgan raqs jamoasi va musiqachilarning chiqishi tomoshabinlarni milliy kolorit muhitiga singdirib, qadimiy an’analar quvvatini his etish imkonini berdi.

Kechqurun tashkilotchilar muloqot uchun qulay muhit yaratib, gulxan yoqdilar. Bu mehmonlarga dam olish, lahzadan zavqlanish va bayram haqidagi taassurotlarini almashish imkonini berdi.

ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir avtomobillar egalarini milliy madaniyat va zamonaviy ko‘ngilochar hodisalar bilan birlashtirib, barcha yig‘ilganlarda unutilmas taassurotlar va har bir mehmonning xotirasida yorqin iz qoldirdi.

adm global, chery, реклама

Chery brendi tomonidan tashkil etilgan WCWL xalqaro loyihasi avtomobillar egalarini yagona g‘oya, maqsad va brend bilan birlashtirishga mo‘ljallangan. Loyiha formati mijozlar uchun tadbirlar shaklida amalga oshiriladi.

Bu tadbir tufayli turli hududlardagi avtomobillar egalari bir-birlari bilan tanishib, o‘z avtomobillari haqida ijobiy taassurotlari va fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

WCWL O‘zbekistondagi turli Chery rusumli avtomobillar sohiblari uchun muntazam ravishda o‘tkaziladi va Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etiladi.

Telefon: (+998) 71−276−55−55.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.