7-may kuni O‘zbekistonga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston prezidenti

  1. Vengriya elchisi Yojef Roja;
  2. Eron elchisi Muhammadali Iskandariy;
  3. Chexiya elchisi Lyubomir Frebort;
  4. O‘mon elchisi Vafo al-Busaidiy;
  5. Jazoir elchisi Muhammad Irqiydan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

ishonch ёрлиқлари, шавкат мирзиёев, elchilar

Davlat rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tayinlov bilan qutlab, O‘zbekiston va ular vakillik qilayotgan mamlakatlarni yaqinlashtirish, ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishdagi muhim o‘rnini qayd etdi.

“Prezident global geosiyosiy va iqtisodiy muammolar avj olayotgan, barqaror rivojlanishga tahdidlar tobora kuchayayotgan hozirgi davrda davlatlar o‘rtasida konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yishda, do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda diplomatlar faoliyati yanada muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.

“Bugungi O‘zbekiston — jahonga keng ochilayotgan, xorijiy sheriklari bilan uzoq muddatli va keng qamrovli aloqalarni izchil rivojlantirib borayotgan tinchliksevar va adolatli ijtimoiy davlatdir”, — dedi prezident.

Davlat rahbari Vengriya elchisiga murojaat qilib, Budapesht O‘zbekistonning Yevropadagi muhim va vaqt sinovlaridan o‘tgan ishonchli sherigi ekanini qayd etdi.

Yojef Roja.Yojef Roja.

“So‘nggi yillarda bosh vazir Viktor Orban bilan birgalikdagi qat’iy intilish va aniq maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarimiz natijasida aloqalarimiz strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi”, — dedi prezident.

Shuningdek, ikki tomonlama tovar ayirboshlash ikki barobar o‘sdi, qo‘shma korxonalar soni oshmoqda, o‘tgan yili Budapeshtda O‘zbekiston elchixonasi ochildi, yuzdan ortiq o‘zbekistonlik talaba Stipendium Hungaricum dasturi doirasida Vengriya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. O‘zbekiston bozorida Vengriyaning OTP Bank, Bonapharm, Gedeon Richter, Meditop kabi bir qator yetakchi kompaniya va banklari ishlamoqda.

ishonch ёрлиқлари, шавкат мирзиёев, elchilar

ishonch ёрлиқлари, шавкат мирзиёев, elchilar

Toshkent va Budapesht o‘rtasida aviaqatnovlar boshlanishi ishbilarmonlik aloqalari va turizm almashinuvlarini yanada faollashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Davlat rahbari Eron bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar ko‘p ming yillik tarixiy ildizlardan kuch olayotganini ta’kidladi.

Muhammadali Iskandariy.Muhammadali Iskandariy.

“Bugungi Eron — katta iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatga ega mamlakat. Keyingi yillardagi oliy darajadagi tarixiy tashriflar va erishilgan muhim kelishuvlar munosabatlarimizda yangi yuksalish davrini boshlab berdi. Barcha darajada o‘zaro muloqotlar faollashdi. Ikki tomonlama savdo hajmi o‘smoqda, qo‘shma korxonalar soni 300 taga yetdi”, — deya ta’kidlanadi xabarda. Qayd etilishicha, tomonlar tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq rejalarni belgilab olgan.

ishonch ёрлиқлари, шавкат мирзиёев, elchilar

ishonch ёрлиқлари, шавкат мирзиёев, elchilar

O‘zbekiston Eron bilan tog‘-kon, energetika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirishdan manfaatdor. Transport yo‘laklari va tranzit borasidagi hamkorlik salohiyatini to‘liq ishga solish muhimligi qayd etildi.

Prezident Chexiya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi an’anaviy va muhim hamkori ekanini ta’kidladi. O‘tgan yili hukumat delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga ko‘targani keltirib o‘tildi.

Lyubomir Frebort.Lyubomir Frebort.

O‘zbekistonda Chexiyaning yetakchi kompaniyalari sanoat, infratuzilma, tibbiyot, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Toshkent-Praga aviaqatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Kelishilgan investitsiya loyihalarini to‘liq amalga oshirish va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha dasturni qabul qilish muhimligi ta’kidlandi. Chexiya Eksport banki hamda Eksportni kafolatlash va sug‘urtalash korporatsiyasining O‘zbekiston bank-moliya bozoriga kirish rejalari yuqori baholandi.

ishonch ёрлиқлари, шавкат мирзиёев, elchilar

ishonch ёрлиқлари, шавкат мирзиёев, elchilar

Prezident O‘mon O‘zbekistonning Yaqin Sharq mintaqasidagi muhim hamkorlaridan biri ekanini ta’kidladi. “Toshkentda Sulton Haysam Ol Said ishtirokida ochilgan Sharqshunoslik institutining muhtasham kutubxonasi davlatlarimiz o‘rtasida o‘ziga xos do‘stlik ramzi bo‘lib kelmoqda”, — dedi davlat rahbari.

Vafo al-Busaidiy.Vafo al-Busaidiy.

Ikki mamlakat hamkorligida hali ishga solinmagan juda katta salohiyat borligi ko‘rsatib o‘tildi. Tez orada Hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishini o‘tkazish, Ishbilarmonlar kengashini tuzish zarurligi qayd etildi.

Qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, telekommunikatsiya, to‘qimachilik sanoati, turizm kabi sohalar hamkorlik uchun istiqbollidir. O‘zbekiston-O‘mon investitsiya kompaniyasi imkoniyatlaridan unumli foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

ishonch ёрлиқлари, шавкат мирзиёев, elchilar

ishonch ёрлиқлари, шавкат мирзиёев, elchilar

O‘zbekiston prezidenti Jazoir arab-musulmon dunyosida jadal sur’atda taraqqiy etayotgani, katta iqtisodiy salohiyatga ega mamlakat, Afrika qit’asidagi istiqbolli sherik ekanini ta’kidladi. Jazoir arab davlatlari orasida birinchi bo‘lib Toshkentda o‘z elchixonasini ochgani ta’kidlandi.

Muhammad Irqiy.Muhammad Irqiy.

Oliy darajadagi uchrashuvlarni tashkil etish, siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini joriy etish, Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish zarurligi, bu ikki tomonlama munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishlashi ta’kidlandi.

Neft-gaz, energetika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida aniq investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini uyushtirish zarurligi qayd etildi.

ishonch ёрлиқлари, шавкат мирзиёев, elchilar

ishonch ёрлиқлари, шавкат мирзиёев, elchilar

Marosim yakunida prezident elchilarga faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, mamlakat hududlariga borish, O‘zbekistonda bo‘layotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishga chaqirdi.