11-may kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda poytaxt YHXB.

Soat 04:00 atrofida Feruza ko‘chasi Oqtepa lavash binosi qarshisida 20 yoshli yigit Malibu avtomashinasini boshqarib ketayotib, 45 yoshli erkakni urib yuborgan.

йтҳ, piyoda o‘limi

YTH oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.