Toshkent shahri Yashnobod tumanida 15-may kuni yo‘lovchi avtobuslari to‘qnashib ketdi. Bu haqda shahar YHHB xabar qildi.

Unda aytilishicha, YTH soat 12:00 atrofida Maxtumquli ko‘chasida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv ishtirokchilari:

  • MAN haydovchisi U.B. (1979-yilda tug‘ilgan);
  • Yutong haydovchisi K.A. (1974-yilda tug‘ilgan).

Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan. Surishtiruv ishlari boshlandi.