Tarmoqlarda Jizzax viloyatida 3 nafar maktab bitiruvchisi avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berib, YTH ishtirokchilari o‘quvchilar bo‘lmaganini bildirdi.
Aniqlanishicha, 25-may kuni soat 9:15 da Sharof Rashidov tumanining Yoyilma mahallasi hududidan o‘tgan Toshkent — Termiz M-39 yo‘lida Xatirchi tumanida yashovchi S.A. boshqaruvidagi Lacetti avtobus bilan to‘qnashib ketgan.
Oqibatda Lacetti haydovchisi hamda 2004-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Lacetti ichida bo‘lgan yana bir yo‘lovchi — 2003-yilda tug‘ilgan shaxs voqea joyida vafot etgan.
Navoiylik fuqarolar maktab o‘quvchilari emas, ular Arnasoy tumaniga to‘yga kelishayotgan bo‘lgan, deyiladi xabarda.