Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida soliq organlari xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizligi xizmati.

Xususan, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani soliq inspeksiyasining sayyor soliq tekshiruvlari shu’basi bosh inspektori 5 ta mahalliy MCHJ faoliyati yuzasidan 2024-yilning sentabr oyiga qadar kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazmaslik evaziga 2300 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

дхх, пора олиш, soliq inspeksiyasi

U pulni viloyat soliq boshqarmasining kameral soliq tekshiruvlari shu’basi bosh inspektoriga berishi kerakligi aniqlangan. Tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur mansabdor ham 2300 dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani soliq inspeksiyasi katta inspektori “Ho‘jai jahon” savdo kompleksi hududida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorni yil oxiriga qadar aylanma soliq to‘lovchisi toifasidan har oyda 2 mln 424 ming so‘m to‘laydigan qat’iy turdagi soliq to‘lovchisi toifasiga o‘tkazmaslikni va’da qilgan.

дхх, пора олиш, soliq inspeksiyasi

U kelgusida soliq idoralari tomonidan bo‘ladigan tekshiruvlardan himoya etish hamda uning faoliyatiga rahnamolik qilish evaziga 8 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida esa umumiy ovqatlanish maskanida 6 oy mobaynida soliq tekshiruvlari o‘tkazmaslik evaziga 600 dollar olgan vaqtida mazkur tuman soliq inspeksiyasining bosh inspektori qo‘lga olindi.

дхх, пора олиш, soliq inspeksiyasi

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida noqonuniy ishga tuman soliq inspeksiyasining shu’ba boshlig‘ining aloqador ekani aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlangan.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi MCHJ faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan soliq auditi tekshiruvi natijasida aniqlangan 267 mln 300 ming so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i va 664 mln 700 ming so‘m sof foyda solig‘ini mansabdor tanishlari orqali kamaytirib berish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida mazkur tuman soliq inspeksiyasining kameral nazorat shu’basining sobiq boshlig‘i ham qo‘lga tushdi.

дхх, пора олиш, soliq inspeksiyasi

Mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori 4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.