9-iyun kuni soat 18:30 atrofida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yuk mashinasi Chirchiq daryosiga tushib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Qayd etilishicha, korxonalar orasida tashkil etilgan avtomobil yo‘lidagi ko‘prikda 23 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Howo yuk mashinasi ehtiyotsizlik oqibatida daryoga tushib ketgan.

Oqibatda mashinada bo‘lgan yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchiga esa birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda hodisa poyga sabab yuz bergani aytilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.