Toshkent shahri Chilonzor tumanida 11-iyun kuni 3 ta mashina va bitta King Long miniveni ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar berdi YHXB axborot xizmati.
YTH soat 16:10 atrofida Bunyodkor shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. Hodisa ishtirokchilari:
- B.D. (1995 y. t.) — Nexia-3;
- B.S. (1995 y. t.) — Lacetti;
- M.O. (2003 y. t.) — Spark.
- Y.K. (1960 y. t.) — King Long;
To‘qnashuvda hech kim jarohatlanmagan. Surishtiruv davom etmoqda.