13-iyun kuni soat 06:30 atrofida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida Damas va Cobalt avtomashinalari o‘rtasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Qayd etilishicha, haydovchi Damas avtomobilini Toshkent-Samarqand yo‘nalishida boshqarib ketayot bo‘lgan. M-39 avtomobil yo‘lining 1046-kilometrida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Cobalt avtomobilining old tomoniga borib urilgan.
Oqibatda Damas haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonaga olib borilayotganda vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.