13-iyun kuni soat 01:00 atrofida Toshkent shahri Chilonzor tumanida 3 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Tumanning Bunyodkor ko‘chasida Malibu 2 avtomashinasi Lacetti hamda Lada bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Malibu haydovchisi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.