14-iyun kuni kechki vaqtda Toshkentda ikkita “garmoshka"li King Long avtobusi to‘qnashib ketdi, oqibatda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi, konduktor va ikki yo‘lovchi jabrlandi.

“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yangi Sergeli ko‘chasida 131-yo‘nalishdagi avtobus haydovchisi chorrahada piyodani o‘tkazib yuborish uchun to‘xtaganida, orqadan oraliq masofani saqlamay harakatlanib kelayotgan 58-yo‘nalish avtobusi unga urilgan.

Kompaniyada xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, voqea yuzasidan poytaxt IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.