Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 13-iyun kuni Cobalt va Nexia avtomobillari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.
YTH tuman hududidan o‘tuvchi 4R-35 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Nexia harakat vaqtida chapga burilish maqsadida to‘xtaganida unga qarshisidan kelayotgan Cobalt urilgan.
Oqibatda Cobalt haydovchisi tuman markaziy kasalxonasining travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.