Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida 28-iyun kuni yuk mashinasi va avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

YTH soat 12:30 atrofida Ziyokor mahallasidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lida yuz bergan. Termiz-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan Isuzu yuk avtomobili yo‘lovchilarni tushirish uchun to‘xtab turgan, ichida 14 nafar odami bo‘lgan Isuzu avtobusining orqa qismiga urilgan.

Oqibatda avtobus salonidagi 1 nafar yo‘lovchi jarohat olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.