Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida noqonuniy yerosti yo‘li aniqlandi. DXX tunnel orqali transchegaraviy jinoiy guruh olib o‘tgan, Hindistonda ishlab chiqarilgan 1 mlrd so‘mlik dorilarni musodara qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular dorilarning navbatdagi qismini Dehli-Toshkent-Olmaota aviayo‘nalishi orqali tranzit tarzda Olmaota xalqaro aeroportiga olib kelgan. Dorilar Qozog‘istonning Turkiston viloyati Sariyog‘och tumani “Do‘stlik” aholi yashash punktiga yetkazilgan va yashirin yerosti yo‘li orqali Toshkent tumani “O‘rikzor” MFY hududiga o‘tkazilgan.

дхх, контрабанда, yashirin tunnel

Toshkent viloyatida yashovchi fuqaroning uyini Qozog‘iston tomoni bilan bog‘lovchi yerosti yo‘lining uzunligi 310 metr bo‘lib, unda havo ventilyatsiyasi, yoritish tizimi, yuklarni tashishga mo‘ljallangan arava va arqonlar bor.

дхх, контрабанда, yashirin tunnel

Tezkor tadbir davomida jinoiy guruh a’zolaridan jami 1 mlrd 94 mln 342 ming so‘mlik, Hindistonda ishlab chiqarilgan “Albumin”, “Remdesivir”, “Meropenem” kabi jami 107 nomdagi 17 048 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Holat yuzasidan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.