Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri BYD Song Plus va Spark ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi (video). Hodisa tafsilotlarini viloyat YHXB e’lon qildi.

Qayd etilishicha, voqea 4-iyul kuni soat taxminan 07:53 larda Qarshi shahri “Bo‘ston” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-92 davlat ahamiyatdagi “Qarshi-Tallikuron-Kasbi-Jeynov-Pomuq” avtomobil yo‘lining 2 kilometrida sodir bo‘lgan. Unda haydovchi R.A. boshqaruvida bo‘lgan Spark orqaga burilayotganida orqasidan harakatlanib kelayotgan, haydovchi X.L. boshqaruvida bo‘lgan BYD Song Plus yo‘liga chiqib ketgan va to‘qnashuv yuz bergan.

Zarba oqibatida Spark qarama-qarshi yo‘nalishdagi Nexia bilan ham to‘qnashgan.

Oqibatda Spark haydovchisi R.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, lekin shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.