Toshkent shahri Sergeli tumanida 3 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, holat 9-iyul kuni soat 19:40 atrofida tumanning Qipchoq ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Tarmoqlarda tarqalgan videolarda yuqori tezlikdagi Spark yo‘lni o‘rta qismidan ajratib turuvchi kichik beton to‘siq ustidan qarama-qarshi yo‘nalishga uchib chiqib ketgan. So‘ngra kelayotgan Honda bilan to‘qnashgan va boshqa bir Spark’ga ham urilgan.

YTH oqibatida 3 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.