Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 11-iyul kuni chaqiruvga asosan harakatlanayotgan o‘t o‘chirish mashinasi va yengil avtomobil to‘qnashib ketdi. Bu haqda shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, YTH soat 16:30 atrofida Alisher Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. M.A. (1997 y.t.) boshqaruvidagi Isuzu yong‘in-qutqaruv maxsus transport vositasi o‘tni o‘chirish maqsadida ketayotganda S.F.ning (2001 y.t.) Lacetti mashinasi bilan to‘qnashgan.

Lacetti haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.