Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Damas va Gentra ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Qayd etilishicha, hodisa 13-iyul kuni soat 14:30 atrofida tuman hududidan o‘tgan halqaro ahamiyatdagi M34 avtomobil yo‘lining 23-kilometrida sodir bo‘lgan.

Yangiyo‘l-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan 35 yoshli haydovchi X.Sh. Damas mashinasini boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan 34 yoshli haydovchi M.I. boshqaruvidagi Gentra mashinasining orqa qismiga borib urilgan. So‘ngra Damas ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatida Damas`ning bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q, deyiladi xabarda.

Xabarda holatga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.