Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) reyd tadbirlari davomida oliygohlarga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarni fosh etgani haqida xabar berdi.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 38 yoshli shaxs o‘zining mansabdor tanishlari orqali Toshkent viloyatida yashovchi fuqaroni IIV Akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 22 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

дхх, o‘qishga kiritib qo‘yish uchun пора

Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Qarshi innovatsion ta’lim universiteti mutaxassisi 3 nafar fuqaroni TATUning Qarshi filialiga o‘sha yerdagi tanishlari orqali 2-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. U buning evaziga fuqarolarning har biridan 4 ming dollardan jami 12 ming dollar so‘ragan. Fuqaro 11 700 dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.

дхх, o‘qishga kiritib qo‘yish uchun пора

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qashqadaryolik 35 yoshli shaxs sirdaryolik fuqaroni Toshkent davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 ming dollar talab qilib, oldindan 5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

дхх, o‘qishga kiritib qo‘yish uchun пора

Olmaliq shahri bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga Olmaliq shahrida yashovchi fuqarodan 3500 dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.

дхх, o‘qishga kiritib qo‘yish uchun пора

Xorazm viloyatida esa Urganch davlat universitetining fakultet dekani Gurlan tumanida yashovchi fuqaroning qarindoshini mazkur oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda bo‘ladigan ijodiy imtihonlardan o‘tkazib berish evaziga 2600 dollar va 2,5 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

дхх, o‘qishga kiritib qo‘yish uchun пора

Boshqa holatda esa Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabining bo‘lim boshlig‘i Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaroga tanishlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘qishga kirishi uchun yo‘llanma olib berish va amaliy imtihonda ko‘maklashish evaziga 4 ming dollar talab qiladi. Ammo u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

дхх, o‘qishga kiritib qo‘yish uchun пора

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.