Toshkent shahri Yunusobod tumanida 17-iyul kuni Lada Largus mashinasi yonib ketdi, deb xabar beradi YHXB matbuot xizmati.

YTH Abdulla Qodiriy ko‘chasida soat 19:15 larda yuz bergan. Holatga mashinada sodir bo‘lgan qisqa tutashuv sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Yong‘inda hech kim jarohatlanmadi, holat tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etildi.

Hozirda uning yuzaga kelish omillariga aniqlik kiritish uchun surishtiruv olib borilmoqda.