Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida Isuzu yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2024-yil 13-iyul kuni soat 13:00 larda Kattaqo‘rg‘on tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-48 “Zarafshon Trakt” avtomobil yo‘lining 94-kilometrida, haydovchi SAZ NP 21 (Isuzu) midibusida “Payshanba-Kattaqo‘rgon shahar” yo‘nalishida harakatlanib kelib yo‘lning belgilanmagan qismidan chap tomondan o‘ng tomonga harakatlanib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.