Toshkent shahri Yunusobod tumanida 19-iyul kuni yo‘l-transport hodisasida piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.

YTH soat 20:30 larda Ahmad Donish ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi D.R. (2004-yilda tug‘ilgan, erkak) Spark avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda G. Sh.ni (1960-yilda tug‘ilgan, ayol) urib yuborgan.

Oqibatda piyoda shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.