Samarqand viloyati Nurobod tumanida Nexia 3 avtomobili avtohalokatga uchradi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, voqea 20-iyul kuni soat 06:00 atrofida tumanning Jarquduq mahallasi hududidan o‘tgan 4R-54 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Ingichka-Kattaqo‘rg‘on yo‘nalishida ketayotgan Nexia 3 haydovchisi uxlab qolgan.

Shundan so‘ng haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomon chetiga chiqib ketib, bir necha marta ag‘darilgan. Oqibatda haydovchi va old o‘rindiqda bo‘lgan shaxs shifoxonaga yotqizilgan.

йтҳ

“Ingichkadan chiqib Kattaqo‘rg‘on shaharga qarab ketayotgandim. Uxlagandim, yo‘l bor ekan, buraman dedim, lekin boshqarolmay qoldim. U-bu tarafga burdim, lekin foydasi bo‘lmadi. Mashina dumalab, shundan keyin nima bo‘lganini bilmayman. Necha marta dumalagan, qayga borgan — bilmayman”, — dedi haydovchi.

Tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan.

Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.