Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Damas avtomobili Nexia 3 avtomashinasi bilan to‘qnashdi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Qayd etilishicha, hodisa 23-iyul kuni soat 11:00 atrofida tumanning “Nilu” MFY hududidan o‘tgan 4R107 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 37 yoshli Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia 3 mashinasiga urilgan.

So‘ngra Damas jarlikka tushib ketib, ag‘darilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida uning 17 yoshli yo‘lovchisi tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda yerda 3 kishining yotqizilganini ko‘rish mumkin.