25-iyul kuni soat 00:30 atrofida Toshkent shahri Mirobod tumanida Lacetti avtomobili beton to‘siqqa urildi, deya xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Tumanning Shahrisabz ko‘chasida 19 yoshli haydovchi A.K. Lacetti mashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton ustunga to‘qnashgan️.

YTH oqibatida haydovchi va 18 yoshli yo‘lovchi X.X. jarohatlari tufayli vafot etgan. Avtomashina ichida bo‘lgan yana bir 18 yoshli va 2 nafar 19 yoshli yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.