Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida 26-iyul kuni Cobalt va VAZ-2106 to‘qnashdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

YTH soat 14:30 larda “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Haydovchi N.E (1950-yilda tug‘ilgan) VAZ-2106 avtomobilida qayrilib olayotganda o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi T.R (1987-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Cobalt avtomobiliga yo‘l bermagan. Oqibatda ikki avtomobil to‘qnashgan.

Oqibatda VAZ-2103 avtomobili haydovchisi jarohat bilan Qo‘shtepa tumani markaziy shifoxonasida vafot etgan.