1-avgust kuni Andijon viloyati Baliqchi tumanida yuk va yengil mashinalari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 61 yoshli haydovchi T.A. o‘zining Nexia 2 avtomashinasini boshqarib ketayotib asosiy yo‘ldagi “Zil-130” yuk avtomashinasini o‘tkazib yubormasdan, chap tarafga burilish uchun uning yo‘liga keskin chiqqan.

So‘ngra yuk mashina haydovchisi tormoz bosishga ulgurmasdan yengil mashina bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida Nexia 2 haydovchisi tuman shifoxonasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.