31-iyul kuni Qamchiq dovonining Toshkent-Vodiy yo‘nalishida 3 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

YTH soat 16:14 da A-373 avtomobil yo‘lida yuz bergan. Yuk mashinasi haydovchisi tormoz ishlamay qolishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqni buzib o‘tgan va qarama-qarshi yo‘nalishdagi Matiz va Cobalt avtomobillari bilan to‘qnashgan.

Oqibatda yuk mashinasi va Matiz yo‘l chetidagi jarlikka qulagan. To‘qnashuvda ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan. FVV xodimlari maxsus texnikalar yordamida transport vositalarini olib chiqqan.