Toshkent shahri Yunusobod tumanida 2-avgust kuni Tracker avtomobili piyodani urib yubordi, deb xabar bermoqda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Yo‘l-transport hodisasi soat 19:10 larda Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi R.Q. (1999 y.t.) tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda Ch.A.ga (2002 y.t.) borib urilgan.

YTH oqibatida piyoda jarohat olgan, unga shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlandi.