Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda qator hududlarda korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Xususan, “O‘rta Chirchiq tumangaz” (Toshkent viloyati) gaz ta’minoti bosh muhandisi non mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan binoni gaz tarmog‘iga ulab berish, texnik hujjatlarni rasmiylashtirish, hisoblagich o‘rnatish, gaz quvurlarini tortish va boshqa ishlarni qilib berish evaziga 8500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Biz bu haqda Bosh prokuraturaga tayanib, iyul oyida ham yozgandik.

”davlat

“Hazorasp erkin iqtisodiy zona direksiyasi” (Xorazm viloyati) davlat unitar korxonasi mutaxassisi Qo‘shko‘pir tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni o‘zining mansabdor tanishlari orqali viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 6 ming dollar talab qilgan. Tezkor tadbirda ushbu mutaxassis 3500 dollar olgan vaqtida ushlandi.

”davlat

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi Bog‘ot tumani bo‘limi mansabdor shaxsi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning yerga bo‘lgan egalik huquqini qayta tiklab berish evaziga 3 ming dollar talab qilib, shundan 400 dollar hamda 1 mln 200 ming so‘m olgan vaqtida qo‘lga tushdi.

”davlat

Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi o‘z mansab vakolatidan foydalangan holda 2 nafar fuqaroni mazkur birlashmaga ishga qabul qilish evaziga 1500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

”davlat

Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avtotransport vositalari ehtiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJning bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisi mahalliy tadbirkor tomonidan 2024-yilning iyun oyida Turkiyadan olib kelingan, qiymati 850 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat bojlarini bojxona idoralaridagi tanishlari orqali tez va arzon narxlarda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirib berganligi evaziga 1300 dollar talab qilib, shundan 1100 dollarni olgan vaqtida ushlandi.

”davlat

Shuningdek, mazkur ishga aloqador bo‘lgan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasiga qarashli bojxona postlaridan birining boshlig‘i ham 200 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

”davlat

Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.