Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida poyezd yo‘liga chiqqan Lacetti avtomashinasini urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Qayd etilishicha, hodisa 6-avgust kuni soat 12:40 atrofida tumanning Joziba mahallasi hududidan o‘tuvchi 4N 1591 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

24 yoshli haydovchi Lacetti avtomobilida temiryo‘l kesishmasida o‘rnatilgan svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmay harakatini davom ettirgan.

Shu paytda ushbu yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Sariosiyo-Termiz yo‘lovchi poyezdi uni urib yuborgan. Oqibatda haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.