emizish, jsst, ko‘krak suti, yunisef

Deyarli barcha onalarda chaqaloqlari uchun yetarli miqdorda sut bo‘ladi. Bu to‘g‘ri biriktirilishiga, oziqlantirish chastotasiga va samaradorligiga bog‘liq. Ona suti bilan emizish yordamlarni: tibbiy maslahat, uyda yordam, yaxshi ovqatlanish va yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilish kabilarni talab qiladi.

emizish, jsst, ko‘krak suti, yunisef

Chaqaloqlar ko‘krakni izlash refleksi bilan tug‘iladi, lekin bolaga ko‘krakni to‘g‘ri tutish lozim bo‘ladi. Ko‘krak suti bilan oziqlantirish vaqt va ma’lum ko‘nikmani talab qiladi. Shuningdek, emizikli onalarni uyda va ish joylarida qo‘llab-quvvatlash muhimdir.

emizish, jsst, ko‘krak suti, yunisef

Tug‘uruqdan keyingi dastlabki kunlarda ko‘krak suti bilan boqishda noqulaylik bo‘lishi mumkin. Biroq bolani to‘g‘ri joylashtirish va unga to‘g‘ri ko‘krak berish orqali noqulayliklarni bartaraf etish mumkin. Agar muammolar yuzaga kelsa, tibbiyot xodimi ularni hal etishda yordam berishi mumkin.

emizish, jsst, ko‘krak suti, yunisef

Dastlabki 6 oyda bolaga suv umuman kerak emas, sababi ona suti tarkibining 85−90 foizi suvdan iborat. Kichik miqdorda ham ichilgan suv oshqozonni to‘ldiradi. Natijada bolaning ishtahasi yo‘qoladi va ozuqa moddalariga boy ona sutiga bo‘lgan ehtiyojini pasaytiradi.

YUNISEF va JSST chaqirig‘i

Inson hayotining dastlabki oylarida — o‘sish va rivojlanish uchun o‘ta muhim bo‘lgan davrda — ona suti tarkibidagi antitanalar chaqaloqni turli kasalliklardan, shu jumladan, hayot uchun xavfli bo‘lgan xastaliklardan himoya qiladi. Ona suti bilan oziqlantirish bolalik kasalliklarining yukini hamda onalarning ba’zi saraton va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi.

Bu haqda YUNISEF ijrochi direktori Ketrin Rassel va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusning 1−7-avgust kunlari o‘tkaziladigan Butunjahon ko‘krak suti bilan oziqlantirish haftaligi munosabati bilan yo‘llagan murojaatida aytiladi.

Ko‘krak suti bilan boqish favqulodda vaziyatlarda katta ahamiyatga ega, chunki u chaqaloqlar va yosh bolalar uchun xavfsiz va mavjud mukammal ozuqa manbai hisoblanadi.

Jahon miqyosida so‘nggi 12 yil ichida faqat ona suti bilan oziqlanadigan olti oygacha bo‘lgan chaqaloqlar soni 10 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bu sayyoradagi chaqaloqlarning 48 foizi endi hayotni sog‘lom boshlash uchun yaxshi imkoniyatga ega, deyiladi murojaatda.

“Onalarga ko‘krak suti bilan oziqlantirish uchun zarur yordam berilsa, bundan butun jamiyat manfaat ko‘radi. So‘nggi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘krak suti bilan oziqlantirish ko‘rsatkichlarini oshirish har yili 820 mingdan ortiq bolaning hayotini saqlab qolishi mumkin”, — dedi YUNISEF va JSST rahbarlari.

Murojaatning to‘liq matni.