JSSTning ta’kidlashicha, parranda grippi virusining sutemizuvchilar, jumladan, odamlar orasida tarqalishi jiddiy muammo tug‘diradi. Infeksiya odamdan odamga yuqmaydi, lekin uni yuqtirgan odamlar orasida o‘lim darajasi yuqori hisoblanadi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, 2022-yilda 1 milliarddan ortiq odam yoki har sakkiz kishidan biri semizlikdan aziyat chekkan. 1990-yildan beri kattalar orasida semizlik bo‘yicha global ko‘rsatkich ikki baravar, bolalar va o‘smirlar orasida esa to‘rt baravar ko‘paydi.
JSSTga ko‘ra, 2050-yilga borib dunyoda saraton kasalligiga chalinganlar soni 35 milliondan oshadi. Bunga nafaqat aholi soni va yashash davomiyligining o‘sib borayotgani, balki tamaki iste’moli yoki havoning ifloslanishi kabi omillar ham ta’sir qiladi.
Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida qizamiq bilan kasallanishning “tashvishli o‘sishi” kuzatilmoqda. JSST shoshilinch emlash ishlarini olib borishga chaqirmoqda. O‘zbekistonda o‘tgan yili qizamiq bilan kasallanish bo‘yicha 1026 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, 2022-yilda ko‘rsatkich atigi sakkiztani tashkil etgan.
So‘nggi haftalarda ko‘plab mamlakatlarda COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlarni yana niqob taqish va vaksina olishga chaqirdi.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha tana massasi indeksi 1 kvadrat metrga 26,5 kg ni tashkil qilmoqda. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2060-yilga borib semizlik oqibatida iqtisodiyotga yetadigan zarar 21,6 mlrd dollargacha oshishi kutilmoqda, bu — YAIMning 4,7 foiziga teng.
JSST Xitoy rasmiylaridan nafas olish yo‘llari kasalliklari va bolalarda pnevmoniya avj olayotgani haqida ma’lumot so‘radi. Xitoydagi vaziyat kovidga qarshi cheklovlar olib tashlanishi bilan izohlanmoqda.
2022-yilda qizamiq bilan kasallanish 2021-yilga nisbatan 18 foizga, o‘lim darajasi 40 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bu emlash qamrovining pasayishi bilan bog‘liq, deyiladi JSST hisobotida.
JSST yolg‘izlikni inson salomatligiga global tahdid deb atadi va ijtimoiy aloqalarni o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzdi. Mutaxassislar yolg‘izlikning zararini kuniga 15 ta sigaret chekishga tenglashtirdi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 17-iyuldan 13-avgustgacha dunyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari 63 foizga oshgan. Tashkilot virusni “jiddiy tahdid” deb hisoblashda davom etmoqda va mamlakatlarni kasallikka qarshi kurashish uchun “o‘rnatilgan infratuzilmani demontaj qilmaslikka” chaqirmoqda.
Tamaki nazorati sohasida ijobiy o‘zgarishlar bor, ammo uning iste’moli “jamoat salomatligi uchun asosiy tahdidlardan biri” bo‘lib qolmoqda, deyiladi JSST hisobotida. Har yili dunyoda 1,3 millionga yaqin odam passiv chekish (tamaki tutuni) qurboni bo‘lyapti.
2022-yili Yevropada 60 ming kishi anomal issiqdan vafot etdi. Ko‘rsatkich global isish paytida yana ortishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlardan bu paytda o‘zi bilan yaxna suv olib yurish, yengil va keng liboslar kiyish hamda mashinalarda bola, hayvonlarni qoldirmaslikni so‘radi. Batafsil tavsiyalar.
JSST yaqin oylarda butun dunyo bo‘ylab ekstremal ob-havo hodisalari, jumladan, qurg‘oqchilik, suv toshqini va anomal issiq kutilayotgani va ular inson salomatligiga tahdid solishini bildirdi. Avvalroq Butunjahon meteorologiya tashkiloti ham anomal issiqdan ogohlantirgandi.
SSV rahbari Amrillo Inoyatov JSST rahbari Tedros Gebreyesusga “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishonini topshirdi. Ular Jenevada o‘tayotgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi sessiyasi doirasida uchrashdi.
JSST tibbiyotda ChatGPT, Bard va shunga o‘xshash platformalar bilan ishlashda xavflarni o‘rganishga chaqirdi. Tashkilot, ayniqsa, sun’iy intellektga ega chatbotlar tomonidan yaratilishi mumkin bo‘lgan yolg‘on ma’lumotlardan xavotirda.
Litva hukumati insonparvarlik yordami sifatida Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumaniga 685 ming doza koronavirusga qarshi vaksina yubordi. Avvalroq JSST COVID-19 tarqalishi sog‘liqni saqlash sohasida global favqulodda holat maqomini yo‘qotganini ma’lum qilgandi.
O‘zbekistonda 2023-yil boshidan beri 37 nafar bemorda qizamiq tasdiqlangan, kasallikka qarshi zarur choralar ko‘rilmoqda, epidemik vaziyat barqaror, deb xabar bermoqda SES. Avvalroq JSST kasallanganlar soni ortayotganidan ogohlantirgandi.
O‘zbekistonni ham o‘z ichiga olgan JSST Yevropa mintaqasida qizamiq bilan kasallanish holatlari ko‘paygan. O‘zbekistonda uch oy davomida 26 ta (o‘tgan yili — 8), Tojikistonda — 199 (451) holat tasdiqlangan.
SSV va JSST hamkorligida o‘tkazilgan seminarda Toshkentda toksikologiya markazi tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Qo‘llanayotgan kimyoviy moddalar hajmining ortishi, ularning internetdagi savdosi va bular haqda yetarli bilimga ega emaslik tizim uchun qo‘shimcha xavf ekani ta’kidlandi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mamlakatlarni Gambiya, Indoneziya va O‘zbekistonda 300 dan ortiq bola o‘limiga sabab bo‘lgan siroplarga qarshi kurashishga chaqirdi. O‘zbekistonda «Dok-1 Maks» siropidan kamida 20 nafar bola vafot etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting