Toshkent shahri Chilonzor tumanida 3 ta avtomobil va skuter ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHBB xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2024-yilning 14-avgust kuni soat 23:40 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida haydovchi 2002-yilda tug‘ilgan O.T. boshqaruvidagi Cobalt, haydovchi 1990-yilda tug‘ilgan Sh. Y. boshqaruvidagi Monza, haydovchi 2005-yilda tug‘ilgan U.M. boshqaruvidagi mototransport (skuter), haydovchi 1999-yilda tug‘ilgan M.N. boshqaruvidagi Spark to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Voqea oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari boshlangan.